Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati -6C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sirdaryoda 220 megavattli IES qurilishiga tamal toshi qo‘yildi
Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi islohotlar samarasi o‘laroq sanoat, qurilish, ishlab chiqarish va boshqa barcha yo‘nalishda katta o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bu esa o‘z navbatida shunga yarasha elektr energiyasi sarfini talab etadi.

Bugun Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev ayni energetika sanoatida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi bosh direktori Axmet Djengiz boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev mehmonlarni viloyatimizda ko‘rib turganidan hursand ekanligini bildirib, qardosh o‘zbek va turk xalqlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-gumanitar sohalardagi azaliy aloqalar xususida to‘xtaldi.

–Ayniqsa, so‘ngi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yanada rivojlanib, ayniqsa ikki davlat rahbarlari tomonidan olib borilayotgan samarali tashqi siyosat misolida ham buning yaqqol dalilini ko‘rishimiz mumkin. –dedi viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev. – Birgina 11-12 noyabr kunlari Muhtaram Prezidentimizning Turkiya Respublikasiga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari belgilab olinib, ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo, investisiyalar, “yashil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport va kommunikasiyalar, madaniy-gumanitar almashinuv sohalaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Bir qator kelishuvlarga erishildi.

Tomonlar Xovos tumanida qiymati 150 mln.dollarlik 220 megavatt quvvatga ega bo‘lgan issiqlik elyektr stansiyasi qurish loyihasi yuzasidan muzokaralar olib borishdi.

–Haqiqatdan ham ikki davlatning do‘stona aloqalari uzoq o‘tmishga borib taqaladi, –dedi Axmet Djengiz. –Bu aloqalarni yanada mustahkamlanishiga hissam qo‘shilayotganidan behad mamnunman. Kelgusida yangi loyihalar ustida ham hamkorligimizni davom ettiramiz, degan umiddaman.

Muzokaralardan so‘ng delegasiya a’zolari Xovos tumaniga tashrif buyurishdi. Tumanning “Mustaqqillik” mahallasi hududida issiqlik elyektr stansiyasi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi. Unda mutaxassislar, nuroniy va yoshlar, keng jamoatchilik vakillari hamda OAVlari ishtirok etishdi.

7 gektar yer maydoniga qurilishi mo‘ljallangan issiqlik elyektr stansiyasi ishga tushirilishi bilan 80 ta ish o‘rni yaratilishi belgilangan. IES qurilishi 2022 yilning avgust oyiga qadar tugatish reja qilingan bo‘lib, ishlab chiqariladigan elektr energiyasi "Milliy energo tizim"ga ulanadi. Natijada aholining elektr energiyaga bo‘lgan talabi to‘liq ta’minlanib, yuklamalarning sezirarli ravishda kamayishi, tumanning sanoatini rivojlantirishda ham katta ahamiyatga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rinida qayd etib o‘tish kerakki, “Cengiz Enerji” kompaniyasi – infrastruktura, tog‘-kon va energetika sanoati, temir yo‘l hamda avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va dengiz portlari qurilishi bo‘yicha Turkiyaning eng yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. “Cengiz Enerji” Turkiya energetika bozorida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, 4 937 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish