Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +39.2C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sirdaryoda tibbiyot xodimlarining kasb bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi
O‘zbekistonda har yili noyabrning ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlarining kasb bayrami sifatida nishonlanadi. Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida ushbu sanaga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda tibbiyot sohasi fidoyilari jam bo‘lishdi.

Tadbir avvalida viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirdi.

Tantanali tadbirda qayd etilganidek, so‘nggi yillarda barcha jabhalarda bo‘lgani kabi sog‘liqni saqlash tizimidagi ulkan islohotlar soha taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi. Inson qadrini ulug‘lash, uning hayotiy manfaatlarini ta’minlash uchun, eng avvalo, odamlarning salomatligi va yashash sharoitini yaxshilashga e’tibor qaratildi. Muhimi, ushbu o‘zgarishlar xalqimiz hayotida aks etishi, ularda shukronalik kayfiyatining kuchayishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Agar aholi salomatligi munosib himoyalansa, jamiyatda sog‘lom turmush tarzi barqaror bo‘lsa, bu tibbiyot xodimlarining eng katta yutug‘idir. 

Shu bois ham muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari va alohida qaroriga muvofiq viloyatimizda davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy qilish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish ishlari boshlandi.

Kafolatlangan bepul tibbiy yordam paketi asosida tibbiy xizmat ko‘rsatishning yangi modeli va muassasalarda shartnomalar asosida tibbiy xizmatlar xaridi joriy qilindi hamda Guliston tibbiyot klasterining 3 yillik dasturi ishlab chiqildi.

Tibbiyot sohasida asosiy amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar kasallikning asoratlarini davolashga emas, balki profilaktika, sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikka qaratildi.

Viloyatdagi sog‘liqni saqlash muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash, dori vositalari ta’minotiga 2016-yilda 156 mlrd. so‘m ajratilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2021-yilda 3 barobarga ortib 475 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Ayniqsa, dori vositalari va tibbiy buyumlar xaridi uchun ajratilgan mablag‘lar 8 barobarga ortib, 2021-yilda 27 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish muassasalarida dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun aholi jon boshiga ajratilgan mablag‘lar miqdori so‘nggi besh yilda 5 ming so‘mdan 15 ming so‘mga, ya’ni 3 barobarga oshirildi.

Umumiy amaliyot shifokori oilaviy shifokorga aylantirilib, ularning funksiya va vazifalari aniq belgilanib, mahallabay tizimida ishlar yo‘lga qo‘yildi. Viloyat bo‘yicha jami 236 ta mahallalarda 421 tatibbiy brigadalar” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 

Viloyat aholisining 98 foizi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra salomatlik va kasallanish ko‘rsatkichlariga qarab 4 ta guruhlarga ajratilib, sog‘lomlashtirish tadbirlari olib borilmoqda.

Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish, shu jumladan “elektron tibbiy karta” tizimini joriy etish maqsadida viloyat davolash-profilaktika muassasalari optik tolali tarmoq bilan ta’minlandi.

Viloyatning barcha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida “Elektron poliklinika” tizimi joriy etildi.

Barcha tibbiyot muassasalarida IT-operator hamshiralar lavozimlari joriy qilinib, 268 nafar hamshiralar ushbu yo‘nalishda faoliyat olib bormoqda, barchasining kompyuter savodxonligi oshirildi.

Telemedisina tizimini joriy qilish orqali Respublika ixtisoslashtirilgan markazlari bilan hamkorlikda yuqori texnologik davo muolajalari amalga oshirilishishi yo‘lga qo‘yildi.

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat filialida yuqori texnologiyali kardiojarroxlik amaliyotlari muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazilmoqda.

2021-yilda viloyatda yangi turdagi va yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filialiga universal angiografiya apparati o‘rnatildi.

Ushbu apparatda 410 nafar bemorlarda yuqori texnologik tashxislash va davolash amaliyotlari bajarildi. Shundan, 160 nafar bemorda yurak koronar tomirlarni stentlash amaliyoti o‘tkazildi.

2021-yil yakuniga qadar Oqoltin va Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmalarida 1,1 mln AQSH dollarlik 34 turdagi tibbiy uskunalar bilan jihozlanib, Oqoltin tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazi tashkil etiladi.

Viloyatda 2017-yilda xususiy tibbiyot muassasalari 49 tani tashkil etgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich bugungi kunda 106 tani tashkil etadi.

Tibbiyot xodimlari sharaflangan tadbirda Nurullo Abbosxon qalamiga mansub "Inson o‘zing..."spektakli va yosh ijrochilarning konsert dasturi namoyish etildi.

Tadbir yakunida ish faoliyatida alohida o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh soha xodimlari viloyat hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish