Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +39.2C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Viloyat g‘allakorlarining ulkan zafari
Сирдарё вилоятининг 1959 нафар фермер хўжалиги ғаллакорлари 85,0 минг гектар майдонга ғалла уруғи экиб, барча агротехник тадбирларни ўз вақтида пухта амалга оширдилар.Уюшқоқлик билан бажарилган зарбдорона меҳнатлари ўз самарасини берди. Яъни, 25 иш кунида зафар марраси шараф билан эгалланди.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, fermer xo‘jaliklariga davlatimiz va Hukumat tomonidan odatdagidek, har tomonlama samarali amaliy yordam ko‘rsatilganligi yutuqlarga erishishda muhim omil bo‘ldi. Ya’ni, mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i moylash materiallari va zarur moddiy yordam bilan o‘z vaqtida ta’min etilganligi katta samara berdi. Shuningdek, harid narxlari mablag‘i g‘alla hosildorligiga qarab to‘lanishi ham davlat shartomaviy rejalarining sharaf bilan uddalanishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Gʻalla hosilini yetishtirish va davlatga don sotish bo‘yicha Mirzaobod, Boyovut va Sayxunobod tumanlari dehqonlari karvonboshilikni qo‘ldan bermadilar. Natijada  shartnomaviy rejani birinchilardan bo‘lib ado etdilar.

Viloyatimiz bo‘yicha joriy yilning 30 iyun kunigacha davlatimiz g‘alla xirmoniga 153978 tonna o‘rniga 154028 tonna tovar don yetkazib berilib, g‘alla topshirish bo‘yicha shartnomaviy reja 100,3 foizga bajarildi.

Yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish uchun viloyatdagi mavjud 340 ta kombayndan, 151 ta jangovar otryad shakllantirildi. Bu otryadlarga tuman hokimliklari, ichki ishlar bo‘limi, milliy gvardiya xodimlari va boshqa tegishli tashkilotlardan 1540 nafar mas’ullar hamda 1247 ta yuk avtomobillari, 151 ta haydov texnikalari, 90 ta ko‘chma ustaxonalar, 98 ta yonilg‘i tashish vositalari biriktirildi. Barcha ishlar talablar darajasida nazoratga olindi. Buning samarasi ham katta bo‘ldi.

Gʻallakorlarimiz erishgan ulkan yutuq mamlakatimiz Mustaqilliginig 30 yilligi bayramiga munosib sovg‘adir. Ishonamizki, g‘allakor dehqonlarimiz bundan keyin ham mardona mehnat qilib, yuksak g‘alabalari bilan el-yurtimizga, shaxsan Prezidentimizga o‘z sadoqatlarini namoyon etaveradilar.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish