Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati -5.2C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Mehr-muruvvatga yo‘g‘rilgan tadbir bayramga munosib sovg‘a bo‘ldi
Умумбашарий қадриятларга эга халқимизнинг ҳар бир байрами негизида эзгулик, инсонпарварлик, бағрикенглик, меҳр-саховат туйғулари мужассамдир. 30-июнь “Ёшлар куни” этиб белгилангандан буён ҳар йили сана муносабати билан турли тадбирлар ташкил этиш анъанага айланиб улгурди.

Bugun “Yoshlar kuni”da Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi hamda xomiy tashkilotlar hamkorligida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan uch nafar yigitning nikoh va “Temir darfar”ga ro‘yxatga olingan oilalarning 10 nafar farzandiga xatna to‘ylari o‘tkazib berildi.

Tadbirda hokimi Gʻofurjon Mirzayev so‘zga chiqib, tantana sababchilariga tabrik va tilaklarini yo‘lladi.

–Yosh kelin-kuyovlarimiz turmushlaringizda yangi pog‘onaga o‘tib, oilaviy hayotga qadam qo‘yapsizlar, –dedi Gʻ.Mirzayev. –Kelgusida yurtimiz taraqqiyotiga o‘z hissagizni qo‘shib, baxtli oilalardan biri bo‘lishlaringizga tilakdoshman. Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, namunali va ibratli oilalar qatoridan joy olishlaringizga ishonaman. Shuningdek, to‘ybolalarimiz kelajakda komil inson bo‘lib voyaga yetishlari, ota-onasiga nafi tegadigan, Vatan koriga yaraydigan kamarbasta farzand bo‘lishlarini niyat qilaman.

O‘z navbatida tashkilotchilar tomonidan yosh kelin-kuyovlarga televizorlar hamda to‘ybolalarga velosiped, shirinliklar, bosh-oyoq sarpo hamda badiiy va ertak kitoblar sovg‘a tariqasida topshirildi.

–Bizlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, g‘amxo‘rliklardan behad xursandman, –deydi Oqoltin tumanida istiqomat qiluvchi Hulkar Do‘stbekova. –Hukumatimiz olib borayotgan oqilona siyosat natijasida yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarimiz yechimini topayapti. Turmush sharoitimizni yaxshilash uchun o‘zimizga munosib ish joylari yaratib berilayapti. Ayniqsa, bir necha yildan buyon amalga oshirolmayotgan armonim – farzandimning sunnat to‘yini o‘tkazib berayotgan barcha tashkilotchilarga cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman.

Qo‘shaloq to‘yda jam bo‘lganlarga viloyat badiiy jamoalari san’atkorlarining chiqishlari xush kayfiyat ulashdi. 

Milliy an’analarimiz qadrlangan, ezgulikka yo‘g‘rilgan bu kabi xayrli ishlar yurtdoshlarimiz qalbida mehr-oqibat, saxovat, odamiylik, ezgulik fazilatlarini, shu bilan birga, ularning ertangi kunga bo‘lgan umid va ishonchini mustahkamlamoqda.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish